Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa fan o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qo’yadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan avvalol istak, hohish – iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi.
Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish mavzusi yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, ularni tushintirish mehanizmlari taklif etilgan bo’lsalarda /9/ texnologiya fanini, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayoni shu kun talabida o’rganilmagan.
SHuningdek, hozirgi kunda hech bir mamlakatning o’quv ta’lim-tarbiya muassasasida rahbar hodim tayyorlanmaydi, insonning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyatida jamoada ishlash jarayonida shakllanib boradi. SHu bois fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirishning eng muqobil yo’li sifatida qaralmoqda va malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.
Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ilmiy-metodik, mahnaviy-mahrifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontyokistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda.
Ta’lim tizimida texnologik jarayonlarni tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonini tashkil etishda zamonaviy bilimga ega bo’lgan ijodkor, malakali, salohiyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchiga zarur. SHuningdek, texnologiya fani o’qituvchisi texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi, Ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy tahsir etuvchi va ularni bartaraf etish yo’llarini bilishi, modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi, o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi va dars jarayonida tadbiq eta olishi zarur.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari/10/ o’zluksiz Ta’lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, pedagogik jarayonlarning o’ziga xos orqalilari, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar, Ta’lim jarayonlari samaradorligi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning funktsiya va metodlari, shuningdek, ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda rahbarlar va professor-o’qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, pedagogik jarayon sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning refleksiv faoliyatini tashkil etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo’nalishidagi vazifalar yoritilgan.