Amalda umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi o’quvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib, maktablarning o’quvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi, bugungi kun talabi ekanligini davlatimiz rahbari o’zlarining xar bir chikishlarida takror takror aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan bitiruvchilar kamida 1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda Xalk taьlimi vazirligiga hamda Madaniyat vazirligiga qator topshiriqlar berdilar.

Davlatimiz rahbarining xududlarni ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini o’rganish buyicha viloyatlarga qilgan barcha safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi Oliy o’quv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yo’lga qo’yish keraklgini ta’kidlab o’tmokdalar. Masalan, Fag’ona viloyatiga tashriflari davomida Fag’ona Davlat Universiteti bazasida asalarichilik, o’zumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan fakulьtetlarni qo’shimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2020 yili Qo’qon shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni o’tkazilishi, O’zbyokistonni butun dunyoga tanitganligini hammamiz guvohi bo’ldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir – asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qo’qon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy o’quv dasturi asosida keng kamrovli o’quv ustaxonalari tashkil etish ham ko’zda tutilmokda. Bunda asosan texnologiya darslarida amaliy va nazariy mashgulotlarni birgalikda tashkillash imkoniyati yaratiladi, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu ishlarni tashkillashda maьsuliyat texnologiya fani o’qituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yo’nalishidagi yosh tadbirkor Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa asosli bo’ladi.

Texnologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni bo’sh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bo’lsa maqsadga muofiq bo’ladi chunki, shu orqali o’quvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab o’quvchilarni kelajakda kim bo’lishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.

Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

– o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;