R.X.Djuraev, S.T.Turg’unov, N.Q.Axmedovalar Xalq Ta’limi tizimi umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati yo’nalishlari, boshqaruv faoliyati modeli, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkiliy to’zilish va boshqaruv tamoyillari, boshqarishning funktsiya va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonini takomillashtirish omillari, ta’lim muassasasi rahbarlarining ish vaqti va undan foydalanish, ta’lim muassasasini boshqarish texnologiyalari, boshqarishda innovatsion faoliyat, ta’lim muassasalari rahbarining boshqaruv faoliyati samaradorligi, umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda hamkorlikdagi boshqaruv kabi masalalar yoritilgan/12/.

R.X.Djuraev, S.T.Turg’unovlar tomonidan zamonaviy maktab rahbarlarining funktsional vazifalari va boshqaruv faoliyati samaradorligi, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muasasalaridagi tashkiliy to’zilish, strategik boshqaruv va rejalashtirish, boshqaruv jarayonidagi tarbiyaviy munosabatlari, rahbarlik uslublari, ta’lim muasasalari rahbarlarining boshqaruv qobiliyatlari va umuminsoniy xislatlar, boshqaruv algoritmi, boshqaruvda mehnat munosabatlari etikasi, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, xodimlar va rahbarlar faoliyatini tashkil etish masalalari o’rganilgan/13/.

O’qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funktsional vazifalari o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo’nalishidagi funktsional vazifalar, ularning kasbiy faolligini, shuningdek, malakasini oshirish, kasbiy kompetentliligini rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatini tashkil etishda Ta’lim muasasasi rahbarlari oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga doir tavsiyalar berilgan/14/.

O’qituvchilarning kasbiy mahoratitva kompetentliligini rivojlantirish /15/ bo’yicha ta’lim muassasasi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi va uning kompetentlari, pedagogik kompetentlilik ko’rsatkichlari va baholash mezonlari, o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetetntlikni rivojlantirish jarayonida korporativ asoslari, pedagogik innovatsion faoliyat, o’zluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalar yuzasidan so’z yuritiladi.

Mazkur muammolarni ijobiy yechimini topish uchun texnologiya fani o’qituvchisining texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish omillarini izlab topish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish shu kunning asosiy muammosidir.

Bu esa texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik jarayonlarni tashkil eta olishi va boshqaruv faoliyatida esa kompetentli, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligini yuqori yuqoriga ko’tarishda mamlakatimiz prezidentining farmonlari, qarorlari va VM qarorlari hamda mazko’r sohaga aloqador bo’lgan mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazko’r dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot natijalari muayan darajada hizmat qiladi /15—19/.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy Ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti qoshidagi TA’LIM instituti Angliya), Nant universiteti (Frantsiya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), CHonnam miliy universiteti (Koreya respublikasi), SHanxay Ta’limni baholash instituti (XXR), Moskva davlat universitetining boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi (Rossiya) da olib borilmoqda.