Ø Mega – ATmega1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;
Ø ArduinoBT – programmalashtirish va sim aloqa uchun Bluetooth modulli platformasi;
Ø LilyPad – tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;
Ø Fio – simuzatish uchun mo‘ljallangan platforma. Fio XBeeradio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;
Ø Min i— eng kichik Arduino platformasi;
Ø Pro – tajribali qo‘llanuvchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;
Ø Pro Min i— Pro platformai singani, tajribali qo‘llanuvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.
2.1.1. Pro Mini Arduinosi
2.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi
Pro Mini Arduinosi (2.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.
2.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasinig xarakteristikalari keltirilgan.
Arduino ProMiniFTD Ikabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqish orqali
3,3 Volt yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqishi boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.
Ta’minlash chiqishlari
Ø RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;
Ø VCC -3,3 V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;
Ø GND – yrga ulash chiqishlari.
2.1.2. Nano Arduinosi
Nano platformasi (2.2-rasm), ATmega 328 (Arduino Nano 3.0) yoki ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga ega bo’lib u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi.
2.2-rasm. Nano Arduino platasi
Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish oladi yoki boshqariluvchi 5V, tashqi ta’minlash manbasidan oladi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.
Nano Arduino platasining xarakteristikalari 2.2.jadvalda keltirilgan.
2.1.3. ArduinoUNO
2.3-rasm. ArduinoUNO (DIP) platasi
UNO Arduino platformasi ATmega328 (2.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinosida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.
Arduino UNO platasining xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.1.4. Mega Arduinosi
Mega Arduinosi Atmega2560 (2.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.
2.4-rasm. Mega Arduino platasi
Mega Arduino platasining xarakteristikalari 2.4-jadvalda keltirilgan.
3-bob. ARDUINONI QUVVATLANTIRISH VA PWM, ANALOG, RAQAMLI PINLAR
3.1.Arduino raqamli va analog pinlari
Ushbu bo`limda Arduinoda analog va raqamli, hamda PWM (pulse-width modulation), o`zbek tilida IKM (impuls kengligi modulyatsiyasi), rus tilida ШИМ (широтно-импульсная модуляция) pinlarini va analog signalni raqamliga qanday o`zgarishini ko’rib o’tamiz.
3.1.rasm. Signallarning ko’rinishi
Analog signal – vaqt o`tishi bilan doimiy ravishda o`zgaradi. Tabiatdagi barcha ma`lumotlar analog-suvdagi to`lqinlar, simli tebranishlar va boshqalar. Dastlab, odam analog qurilmalar yordamida ma`lumotni (tovushlar, tasvirlar, videolar) yozib oldi. Ammo analog signallar shovqin va uning ta`siriga sezgir.
Raqamli signal – bir va nol (signal bor yoki yo`q) ko`rinishida uzatiladi, kompyuterlar va raqamli texnologiyalar uchun uni amalga oshirish osonroq (3.1-rasm).
Arduino Nano, Arduino UNO, Arduino Mega 2560 larning pinlarini bir necha turga bo`lish mumkin, farqi turli platalardagi pinlar sonida bo`ladi. Misol uchun, Arduino Mega 2560-da plata o`lchami va mikrokontrollerning ishlashi tufayli UNO yoki Nanoga qaraganda sezilarli darajada ko`proq raqamli va analog portlar mavjud. Aslida, pinlarni dasturlashning xarakteristikalari va usullari bir – biridan farq qilmaydi.
1. Quvvat pinlari – quvvat portlari, ularning ishlash rejimini dasturlash yoki o`zgartirish mumkin emas. Ular 5V yoki 3,3V stabillashtirilgan kuchlanishni beradi, Vin quvvat manbayidan kuchlanishni beradi va GND umumiy minus (3.2-rasm).