int malumotlar;

void setup () {

Serial.begin (9600);

randomSeed (analogRead (A1)); //A1 piniga hech narsa ulanmagan

}

void loop () {

malumotlar = random (100, 200); //diapazondagi Arduino tasodifiy soni

Serial.println (malumotlar);

delay (250);

}

Dastur har safar qayta ishga tushirilganda, psevdo-tasodifiy raqamlar generatori random Seed (analogRead (A1)) funksiyasi bilan ishga tushiriladi (portdagi «shovqin» tufayli tasodifiy qiymat bilan). Buning uchun har qanday bo`sh portdan foydalanishingiz mumkin, chunki barcha analog chiqishlar atrof-muhitdan tasodifiy shovqinlar-radio to`lqinlari, kompyuterlar, uyali telefonlar va boshqalarning elektromagnit shovqinlarini oladi.

5-bob. ARDUINO PLATFORMASIDA AMALIY MASHG’ULOTLAR

5.1.Serial funksiyasi va Monitor port haqida tushuncha

Monitor port – bu Arduino mikrokontrollerini kompyuter yoki boshqa qurilmalar bilan ma`lumot almashishiga xizmat qiladigan funksiya (bajarilish, sodir bo`lish) bo`lib, u yordamida yozgan dasturlar qanday tartibda bajarilayotgani haqida ma`lumotlar chiqaradi.

Arduinodan kelgan ma`lumotlar Arduino sketchining (Arduinoda yozilgan dasturning nomi) Monitor portiga chiqadi. Monitor port-bu Arduino va kompyuter o`rtasida aloqa almashish oynasi bo`lib Arduinodan kelgan ma`lumotlar shu yerda chiqadi va shu yerdan Arduinoga ma`lumotlar jo`natiladi.

Yordamchi dastur uch qismga bo`lingan oynadan iborat. Yuqori qismida ma`lumotlarni kompyuterdan ketma-ket portga yuborishingiz mumkin bo`lgan kirish maydoni mavjud. Markaz ketma-ket portdan olingan ma`lumotlarni ko`rsatadi. Oynaning pastki qismida (yangi versiyalarda yuqori qismida) sozlamalar menyusi joylashgan. Arduino monitor porti bitta ketma-ket port bilan ishlashi mumkin, shuning uchun dastur yuklashda va Monitor portni ochishda xatolikka yo`l qo`ymaslik uchun aniqlangan COM portini tanlashingiz kerak.


5.1.rasm. COM portni tanlash


Yordamchi dasturni ochish uchun Arduino IDE-ning yuqori o`ng burchagidagi belgini bosishingiz kerak, Ctrl + Shift + M tugmalar birikmasidan foydalaning yoki menyu panelidan tanlang: Tools (Инструменты) -> Serial Monitor (Monitor porta). Arduino uchun Monitor port tezligi 9600 bit/s ga o`rnatiladi, shuning uchun ko`plab dasturlarda bu tezlikdan foydalanadi. Agar dasturda va port monitor sozlamalarida ma`lumotlarni uzatish tezligi boshqacha bo`lsa, unda barcha ma`lumotlar ierogliflar (so`zlar ma`nosini raqamlar va belgilar bilan ifodalaydigan yozuv turi) ko`rinishida ko`rsatiladi.

5.2. Monitor portga matnni qabul qilish va yuborish

Yordamchi dastur bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalaning: Serial.begin (); – buyruq ketma-ket portni ishga tushiradi

Serial. end (); – ketma-ket portni to`xtatadi va tozalaydi

Serial.print (); – ma`lumotlarni ketma-ket portga yuboradi

Serial.println (); – ushbu buyruqdan keying ma`lumot keyingi satrdan boshlanadi

Serial.read (); – ketma-ket portdan ma`lumotlarni qabul qiladi

Serial.parseInt (); – port monitoridan katta raqamlarni o`qish

5.3. Serial.begin () – buyruq

Arduino IDEda Monitor portni quyidagicha ochiladi:


5.2.rasm. Monitor portni ochish


5.3.rasm. Monitor portni chiqish oynasi


Ma`lumotlarni Monitor portga chiqarish uchun birinchi Arduino bilan kompyuter o`rtasida aloqa o`rnatish kerak. Buning uchun void setup () ning ichiga Serial.begin () buyrug`ini yozishimiz kerak.

Serial.begin () —bu Arduino bilan biror qurilma o`rtasida aloqa o`rnatish uchun xizmat qiladigan buyruq.


5.4-rasm. Serial.begin () Arduino bilan qurilma o`rtasida aloqa o`rnatish uchun xizmat qiladigan buyruq.


Serial.begin () ichida yozilgan «9600» ma`lumot almashish tezligi bo`lib, u 1sekundda 9600 bit ma`lumot almashishini bildiradi. Bundan tashqari malumot almashish tezliklarining boshqa qiymatlari 300, 1200, 2400, 4800, 9600, 19200, 115200 va hokazo mavjud (5.5-rasm).