Nazorat savollari

1. \bfseries buyrug’i vazifasi nima?

2. \mdseries buyrug’i vazifasi nima?

3. \slshape buyrug’i vazifasi nima?

4. \upshape buyrug’i vazifasi nima?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini tarkibidan «jadal» so’zini shriftini gruppalash asosida o’zgarishini tashkil etish hujjatini tashkil etib natijani tekshirib ko’ring.2. Tashkil etilgan hujattni gruppalangan so’zni shriftini qayta o’zgartirish hujjatini tashkil eting.3. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini to’laligicha gruppalab shriftini o’zgartirish hujjatini tashkil eting.4. Har bir topshiriqni bajarilish natijasini taqqoslang va taxlil etib gruppalash ishtirok etgan yangi matn tashkil etish hujjatini tashkil eting.

2.3.6. Argumentli buyruqlar

Yuqorida ko‘rib o‘tilgandek, LaTeX buyruqlari argumentli yoki argumentsiz bo‘ladi.

Argumentlar majburiy va majuburiy emas turlariga bo‘linadi. Majburiy (ko‘rsatilishi shart) argumentlar figurali qavs ichida ko‘rsatiladi, agar buyruq majburiy argumentli bo‘lsa. Uni ko‘rsatish shart. Aks xolda tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumengtalar buyruqni qo‘shimcha parametrlarini belgilaydi. Ularni tushirib qoldirilsa tizim xatolik ko‘rsatmaydi. Buyruq tizimda belgilangan parametr bo‘yicha (po umalchaniye) ish olib boradi. Majburiy bo‘lmagan argument kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Bir nechta argument bitta qavs ichida ko‘rsatilishi mumkin.

Misol uchun, yuqorida ko‘rsatilgandek \documentclass buyrug’ida umumiy ko‘rinishida majburiy va majburiy bo‘lmagan argumentlar ko‘rsatilgan. Biz buyruqda argumentlar bitta qavs ichida vergul bilan ajratilib, bir nechta bo‘lishi mumkin.

Aytaylik 10 o‘rniga 12 kegl kitob betda ikkita kolonka bilan chop etilishini talab etilsin. Bu topshiriqni bajarilishini tashki etish uchun hujjat sinfini belgilovchi buyruqni quyidagicha yozamiz:

\documentclass [12pt, twocolumn] {book}

Umumiy hujjat matni quyidagicha bo‘ladi:

\documentclass [12pt, twocolumn] {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni ko’chirishsiz qo’shish

\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Олдин {шрифтни ўтказамиз

\itshape курсив;

Кейин шрифтни яна ўзгартирамиз

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кузатинг, қандай тикланишини

} шрифт

кейин охири {да г} руппа.

Олдинги холатда бўлади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).

Nazorat savollari

1. 12 kegl nimani anglatadi?

2. Buyruq argumenti qanday bo’lishi mumkin?

3. Majburiy argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

4. Majburiy bo’lmagan argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift o’lchamlarini o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli va o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.

3. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.

4. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini o’rganing.

3. Hujjat stili

3.1. Hujjat asosiy buyruqlari