4.1.Abzaslar (xatboshlar)
TeX da abzas xosil qilish uchun maxsus harakat qilishingiz shart emas, faqat paragraf ohirida matnni ko‘rsatuvchi manba matnda bo‘sh satr qoldirish yetarli. Ushbu bo‘limda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan «favqulodda vaziyatlar» ni muhokama qilamiz. TЕX tizimi ushbu holatlarga javob berishning ko‘plab usullarini beradi; ularning ba’zilari barcha foydalanuvchilar uchun muhim, lekin ularning ko‘plari – faqat nashriyot mutaxassislariga zarur.
Misol, \parindent buyrug’i TeX da abzas boshidagi bo‘sh joy (chetlashish) o‘lchamni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Odatda abzas boshida qoldiriladigan bo‘sh joy tizimni sozlash davrida belgilanadi. Foydalanuvchi zaruriy xolda o‘zi ushbu buyruq orqali boshqarishi mumkin. Buyruq «sm» larda belgilash imkoniyatini beradi. Misol uchun quyidagini ko‘raylik:
\parindent=2cm
4.1.1.Abzas ko‘rsatilamgan xolatda
Misol:
\documentclass [12pt] {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em
Қўшимча яна озгина.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: abzas boshidagi qoldirishlar oldindan belgilagan (yangi buyruq xali qo‘llanilgani yo‘q).
4.1.2.Abzas buyruq yordamida belgilanganda (\parindent orqali)
\begin {document}
\parindent=5cm
Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em
Қўшимча яна озгина.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: Chetlanish komandasi ko‘rsatilgan «5 sm» ga o‘zgardi.
(O‘zgartirish faqat ko‘rsatilgan gruppaga ta’sir ko‘rsatadi. Gruppadan keyin yana eski tizimda belgilangan xolat tiklanadi)
4.2. Matnda probellar
4.2.1. Matnda gaplar orasidagi probellar
Ba’zida ikki so‘z bitta satirda bo‘lishi kerak bo‘ladi, yani ular bir biri bilan bog‘langan. Bu xolatlarda uzilmas probel deb ataluvchi ~ simvoldan foydalaniladi. Masalan «na s. 5». Bu yerda s. 5 ni ajratib bo‘lmaydi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Хайвонлар сони тўдада белгиланади
хариф~$x$ билан. Салом
император Франц-Иосиф~I!
Эр ва хотин~ – - бир оила.
С~из ким билан сиз, мастер культура?
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: «~» simvolni so‘zlar orasiga qo‘yilishi quyidagi so‘zlarni ajralmasligini ta’minlaydi, ya’ni ular bir satrda joylashadi:
«Франц-Иосиф~I!», «С~из».
4.2.2. Gaplar orasidagi oraliqlar
Normal rejimda TЕX biror bandning chiziqlarini o‘ng tomonga tekislab, zarur bo‘lganda defis qiladi va so‘zlar orasidagi bo‘shliqlarni biroz cho‘zadi yoki siqadi. Gaplar orasidagi bo‘shliqlar bir gap ichidagi so‘zlar orasiga qaraganda o‘zlarini kengroq va cho‘ziqroq tutadilar. Quyidagi misolga diqqat bilan qarang («Vinni-Puxa" dan; aniqlik uchun barcha bo‘shliqlar teng ravishda cho‘ziladi):
North Pole. Discovered by Pooh. Pooh found it.
Ushbu turdagi bosma ingliz tipografik qoidalariga mos keladi, ammo rus matnlarida so‘zlar va jumlalar orasidagi bo‘shliqlar bir biridan farq qilmasligi kerak. Buning uchun preambldagi \frenchspacing kamandasini kiriting. Ushbu turdagi bosma ingliz tipografik qoidalariga mos keladi, ammo rus matnlarida so‘zlar va jumlalar orasidagi bo‘shliqlar ular farq qilmasligi kerak. Buning uchun buyruqni preambula kiritishingiz kerak.